2026-yil 10-may kuni soat 16:20larda, Jalaquduq tumani “Besh karam” MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lining 14-15 km.lar oralig‘ida, haydovchi 1964-yilda tug‘ilgan M.N. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborib, asosiy yo‘ldan kelayotgan “Lasetti” avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida “Lasetti” avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXG xodimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.