Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, traktorga “Matiz” dvigateli joylashtirilgan boʻlib, u yerni 70 sm chuqurlikda bemalol haydashi mumkin.
Viloyat hokimi mazkur loyiha egalarini qoʻllab-quvvatlamoqda. Dastlabki modelni hujjatlashtirish va unga davlat raqami berish harakatlari boshlandi.
Shuningdek, kelgusida yangi zavod ochilishi ham mumkin. “OʻzAvtoMotors” mutaxassislari Andijon traktorini Toshkentdagi laboratoriyaga olib borishni rejalashtirmoqda.