Andijonda ishlab chiqarish obyektida yirik yongʻin sodir boʻldi

    Tashvishli xabar 5 Mart 2021 1456

    FVV xabar berishicha, Andijon viloyatida FVV yongʻin-qutqaruvchilari ishlab chiqarish obyektidagi yongʻinni bartaraf etdi.

    Qayd etilishicha, yongʻin joriy yilning 5-mart kuni, soat 08:21 da, Andijon shahrining Chinobod koʻchasida joylashgan sintefon ishlab chiqarish obyektida yuzaga kelgan.

    Deyarli 3 daqiqa ichida FVVning hududiy boshqarmasidan 10 ta yongʻin oʻchirish ekipaji voqea joyiga yetib kelgan. Yongʻin taxminan 200 kvadrat metrni tashkil etgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida yongʻin bartaraf etilib, ming kvadrat metrdan ortiq qismi saqlanib qolingan.