Andijon davlat chet tillari instituti hamda Cheju Halla universiteti hamkorligida Andijonda koreys tilini oʻrganish markazini tashkil yetish boʻyicha memorandum va hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unga koʻra, oʻzaro akademik almashinuv, ilmiy va innovatsion hamkorlik boʻyicha aloqalarni yana-da kuchaytirish hamda joriy yilda Andijon davlat chet tillari institutida koreys tili oʻrgatishga moʻljallangan markaz tashkil yetilishi belgilangan.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, Janubiy Koreyaning yirik shaharlaridan biri Cheju shahrida 1969-yilda tashkil yetilgan Cheju Halla universiteti mamlakatdagi yeng nufuzli xususiy oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, tibbiyot, til oʻrgatish va boshqa qator yoʻnalishlarda taʼlim beriladi. Hozirda mazkur oliy taʼlim dargohida olti ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi.