Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.A. va boshqalar fuqaro M.X.ga 50 qutidagi jami 500 dona “Pregabalin Capsule IP 300 mg” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 900 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.