баннер
7 Apr 2025
22:42

    Andijonda masjid tahoratxonasidagi portlashda 3 kishi vafot etdi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 31-mart kuni soat 12:19 da Andijon viloyati, Izboskan tumani “Mirzo Ulugʻbek“ MFY, Yangibozor koʻchasida joylashgan masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Andijon viloyati FVBga xabar qilingan.

    Xabarga koʻra, aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgan, yongʻin sodir boʻlmagan.

    Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro M.Abdullayev, J.Anvarov va B.Burxonovlar halok boʻlgan, 10 nafar fuqaro Gʻ.Toyloqov, A.Abdirayimjonov, H.Zuxriddinov, I.Raximov, M.Mamaturaimov, I.Shomurodov, K.Qosimov, U.Boltaboyev, M.Abduraxmonov va M.Boltaboyevlar tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

    Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgaztaʼminot“, tuman FVDqT xizmatlari kuch, vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

    Hodisa sodir boʻlganligi xabar qilinganida vodiyda boʻlib turgan Bosh vazir oʻrinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor B.Qudratxoʻjayev Izboskan tumaniga yetib borgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech