Andijonda maxsus operatsiya davom ettirilmoqda

    Andijon viloyati hududida "Dolzarb 40 kunlik"  maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, o‘zidan "Yetakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda.

    Xususan, joriy yilning 5-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1988-yilda tug‘ilgan Kiselov Andrey Xodjamqulovich, Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro Shodiboyev Farrux Patidin o‘g‘li, Xo‘jaobod tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan Ergashev Baxtiyor To‘xtasinovich hamda 1985-yilda tug‘ilgan Parpiyev Alisher Adxamovichlar viloyat hududida oilaviy zo‘ravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etganliklari aniqlanib, ularning har biriga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

    Hozirda ularning sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga aloqadorliklari o‘rganilmoqda.