Andijonda murakkab yurak jarrohligi operatsiyasi o'tkazildi

    Salomatlik 23 Yanvar 2021 3556

    Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak jarrohligi bo'limi boshlig'i tibbiyot fanlari doktori Ulug'bek Axmedov rahbarligidagi shifokorlar brigadasi hamda Andijonlik shifokorlar yurakning murakkab operatsiyasini o'tkazdi.

    YUrakning chap qorinchasi anevrizmasini olish va tromboektomiyasi, yurak qorinchalararo arteriyasi endoarterioektomiyasi, to'rt yurak arteriyasini shuntlash operatsiyasini o'tkazilgan bemorga "YUrak ishemik kasalligi, zo'riqish stenokardiyasi III daraja, infarktdan keyingi kardioskleroz, funtsional sinf III, surunkali yurak etishmovchiligi II b, fraktsion ajralish 40 foizdan pastlashi" tashxisi qo'yilgan edi.

    Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi. Bemor tartibga ko'ra, reanimatsiyada bo'ldi, salomatlik holatiga ko'ra umumiy palataga o'tkazildi.

    Poytaxtlik mutaxassislar yordamida umumiy holatda yana shunday 4 ta operatsiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

    Andijon viloyat sog'liqni saqlash

    boshqarmasi Axborot xizmati