Mazkur munosabat bilan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari, ularning oila aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uyushtirilgan tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbarlari soʻzga chiqdi.
Unda mamlakatimizda el osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, huquq-tartibot organlari tizimida kechayotgan yangilanishlar jarayoni toʻgʻrisida fikr yuritdilar.
Shuningdek, davlatimizning mazkur soha vakillariga qilayotgan eʼtibori, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, jumladan, yashash sharoitlarini yana-da yaxshilash borasidagi gʻamxoʻrliklari xususida ham atroflicha soʻz yuritildi. Andijon shahrida uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida 108 ta oilaga moʻljallangan ikki, uch xonali turar joylarning qurilgani ham buning yaqqol amaliy ifodasi boʻldi.
Marosimda xonadon egalariga uy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
– Albatta, juda xursandmiz, – deydi IIB xodimi Durdona Qodirova – uch xonali narxi arzonlashtirilgan uyimizda oshxona, bolalar xonasi va mehmonxonagacha zarur mebel, gaz komforkasi va boshqa inventarlar bilan jihozlangan. – Bunday gʻamxoʻrlik va qulaylik uchun davlatimizga, Prezidentimizga katta rahmat!
Albatta bu kabi yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan xodimlarning oilalarida xotirjamlik, ishlarida esa unum va samara boʻlishi shubhasiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati