Andijonda noqonuniy qum qazigan shaxs javobgarlikka tortildi

    Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Oʻtkazilgan reyd davomida Oltinkoʻl tumani, Andijon MFYdagi daryo oʻzanidan fuqaro M.K. hech qanday hujjatlarsiz oʻz boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy qum qazib, yuk tashuvchi mashinaga yuklagani aniqlandi.

    Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 10 million 200 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

    Maʼlumot uchun, noqonuniy qum-shagʻal qazib olishga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab boʻladi, — deyiladi xabarda.