Andijonda OAV vakillari uchun sport musobaqalari bo'lib o'tadi

    Jamoalar texnik xodimlar, operatorlar, jurnalistlar, hududiy muxbirlar, blogerlar, boshlovchilar, matbuot xizmatlari, gazetalar vakillaridan alohida tarkibda shakllantirlishi rejalashtirilgan.

    Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatdagi OAV vakillarini qo'llab-quvvatlash va ular o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Viloyat hokimligi sovrini uchun” sport musobaqalari tashkil etiladi.

    Musobaqalar 23 dekabr, shanba kuni Andijon shahridagi “Do'stlik” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, estafeta, voleybol va mini futbol turlari bo'yicha bellashadilar.

    Jamoalar texnik xodimlar, operatorlar, jurnalistlar, hududiy muxbirlar, blogerlar, boshlovchilar, matbuot xizmatlari, gazetalar vakillaridan alohida tarkibda shakllantirlishi rejalashtirilgan.