Oilaviy yotoqxonada yongʻin chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahar Inyaz orqasida yongʻin boʻlyapti» sarlavhasi ostida video xabarlar tarqaldi.

    Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 3-iyul kuni tushdan keyin soat 15:59larda Andijon shahar «Sanoat» MFY Sanoat koʻchasida joylashgan Uy joy kommunal xoʻjaligi tasarrufidagi Oilaviy yotoqxona hududida joylashgan hojatxona va omborxonaning tom qismida yongʻin chiqqanligi boʻyicha Andijon FVBga xabar kelib tushdi.

    Xabarga asosan hodisani bartaraf etish uchun voqea joyiga 2 ta yongʻin oʻchirish guruhi yuborildi.

    Yongʻin soat 16:03da butkul oʻrab olinib, 16:20da butkul oʻchirildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida hojatxona va omborxonaning 50м.кв tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin natijasida tan-jarohat holatlar qayd etilmadi.

    Hozirda, yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.