Andijonda oʻquvchi qizlar yigit talashib “mushtlashdi“

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani Mashina bozori oldida oʻquvchi qizlar janjallashgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Xoʻjaobod tuman hokimligi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 2-noyabr kuni 2008-yilda tugʻilgan, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFYda yashovchi D.R. ismli qiz singlisi Andijon shahrida tugʻilgan, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFY da joylashgan Andijon shahar XTB ga qarashli № 54-sonli maktabining 8-sinf oʻquvchisi. Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFYda yashovchi 2010-yilda R.X. dugonalari bilan urishganligini eshitib, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFY, Obod koʻchasiga borganligi, shunda tarafma-taraf boʻlib urishayotganligini koʻrib singlisini dugonasi M. bilan R. ismli qizlarning urishayotgan holatni videotasvirga olib, oʻzining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, M.M. ismli qiz oʻzining Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali tanishgan yigiti bilan R.I. ismli qizning ijtimoiy tarmoq orqali gaplashib qoʻyganligi sababli, telefonda janjallashib ketgan. Shunga koʻra Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi hududida koʻrishib gaplashib olmoqchi boʻlishgan, ular birga sinfdoshlarini yetaklab kelgan, shu vaqtda qizlar oʻrtasidagi janjal urushga aylanib ketgan.

    Yuqoridagi holat boʻyicha barcha gumonlanuvchilar aniqlanib, Xoʻjaobod tumani IIB Navbatchilik qismi “Ye-material” bazasidan roʻyxatdan oʻtkazilib, Xoʻjaobod tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.