Andijonda oʻquvchilar parta tashidi

    Andijon shahridagi 37-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchilari maktab sinf xonalaridagi eskirgan partalarni tashishga yollandi. Bunga eʼtiborsiz boʻlgan maktab direktori jazolandi.

    Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi "Yuz.uz" ga maʼlum qildi.

    Shu yilning 14-sentyabr kuni soat 13:00 lar chamasida maktabning CHQBT rahbari H.H texnologiya va harbiy vatanparvarlikka tayyorgarlik koʻrish sinf xonalaridan yaroqsiz jihozlarni olib chiqish uchun darsdan boʻshagan bir guruh 7-sinf oʻquvchilarni parta tashishga yolladi.

    Oʻquvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va bunga beparvo yondashgan direktor jazolandi.