баннер
18 Mar 2025
02:20

    Andijonda qariyb 5,5 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida navbatdagi nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirida Xoʻjaobod tumanida “B.B.“ MCHJ rahbari S.A. “Beshqovoq“ MFY hududidagi tuz ishlab chiqarish sexida oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich muhrini buzib, ohak ishlab chiqarish uchun tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 5,3 mlrd soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech