Andijonda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Ulugʻnor tumanida joylashgan “I.E.“ MCHJga qarashli binoda hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 226,1 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.