Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Andijon viloyati, Andijon shahri, «Boʻston» mahallasidagi “B.S.Z.” MChJga qarashli noturar joy binosida fuqaro А.Y. tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan alyuminiy eritish sexini tashkil qilib, eritish pechlarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 6 mlrd. 782 mln. soʻmlik 4 mln 521 ming metr. kub tabiiy gazni oʻgʻirlagani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan fuqaro А.Y., “B.S.Z.” MChJ va Andijon shahar gaz taʼminoti boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Shu taʼkidlash kerakki, hozirda hududlarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.