Andijonda tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etiladi

    Kecha Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbus ilgari surildi.

    Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etiladi.

    Prezidentimiz har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazishni taklif qildi. Gʻoliblarga avtomobil beriladi.

    Umuman, mutasaddilarga shaharni maʼrifat va madaniyat markaziga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.