“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan Andijon viloyatida ishlab chiqarish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish maqsadida, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yilning 16-fevral kuni SV 9,5x2,0, SV 110x3,5 rusumidagi temir-beton tayanchlari ishlab chiqarish sexining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari D. Nosirov, Andijon viloyati hokimligi qurilish boʻlim boshligʻi R. Xojiboyev, Xoʻjaobod tuman hokimi Z. Ahmadaliyev, Andijon HETK” AJ mutasaddi xodimlari va boshqalar ishtirok etdilar.
Taʼkidlash joizki, yiliga 22 mingdan ortiq temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan zavodda har xil turdagi travers mahsulotlari ham tayyorlanadi. Zavodda 10 nafar xodim doimiy ish joyi bilan taʼminlangan, bundan tashqari ushbu hududda yashovchi 6 nafar xodim ishbay usulida ishga qabul qilindi.