Andijonda temir yoʻldagi sisternaga chiqib olgan erkakni tok urdi

    Voqea-hodisalar 14 Iyun 2025 932

    Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning xabar berishicha, hodisa 10-iyun kuni Andijon viloyatidagi Poytugʻ bekatida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, begona fuqarolardan biri temir yoʻl stansiyasi hududiga kirib, ikkinchi yoʻlda boʻsh turgan sisternaga chiqib olgan. Vagonda boʻlgan erkak kontakt tarmogʻidagi kuchlanish taʼsiriga tushib, yerga yiqilgan. Ushbu holatga guvoh boʻlgan stansiya navbatchi xodimi zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqirgan.

    Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borilgan.