Andijonda tezlikni meʼyoridan oshirgan Tracker zovurga tushib ketdi

    Andijonda tezlikni meʼyoridan oshirib harakatlangan Tracker rusumli avtomobil boshqaruvni yoʻqotib zovurga tushib ketishi natijasida yoʻlovchi shifoxonaga yotqizildi.

    Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 10-iyul kuni tungi soat 23:30larda, Andijon tumani “Teraktagi” MFY hududidan oʻtgan 4R-112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 154 km.da, haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan U.Sh. oʻzining Tracker rusumli transport vositasini harakat chogʻida tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib, zovurga tushib ketdi.

    Hodisasi oqibatida, avtomashinaning oldi oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida ketayotgan, 2004-yilda tugʻilgan Т.А. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

    Hozirda holat yuzasidan, Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.