Qayd etilishicha, toʻy kortejini video tasvirga olib ketayotgan operator avtomashinasi viloyat IIB YHXB haydovchi operatori tomonidan toʻxtatilib, qonuniy chora koʻrilishi bildirilgan. Biroq, kuyov va uning doʻstlari bu holatga qarshilik koʻrsatib, xizmat vazifasini oʻtayotgan xodim bilan janjallashib, unga tan jarohat yetkazgan.
Mazkur holat jinoyat ishlari boʻyicha Baliqchi tuman sudida koʻrib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan 27 mln. 200 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.
Hozirda, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, kuyovdan 27 mln. 200 ming soʻm miqdoridagi jarima pullari undirilishi taʼminlandi.