Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Voqea-hodisalar 13 Aprel 2025 856

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, “Ayshaxonim” MFY hududidagi 9 ta xonadonning elektr taʼminotini yaxshilash uchun yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 4 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.