Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi A.D.ni ushlash boʻyicha tezkor-qidiruv choralari koʻrilgan.
Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani, Koʻmakay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qoʻlga olingan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan boʻlib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.









