Andijonda yana bitta podstansiya ishga tushirildi

    Energetika 18 Noyabr 2023 852

    Shahrixon tumanida “Saroy” podstansiyasi bugun ishga tushirildi.

    Umumiy qiymati 253,4 milliard boʻlgan mazkur loyihaning birinchi bosqich qurilishi yakunlanib, 1 dona 125 MVAli transformator oʻrnatilgan.

    Loyiha ishga tushishi natijasida Baliqchi, Boʻston, Ulugʻnor va Shahrixon tumanlaridagi elektr taʼminoti yaxshilanadi.

    Jumladan, 450 dan ortiq ijtimoiy soha obektlari, 3 ming 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, 100.000 dan ortiq aholi xonadonlarida elektr taʼminoti sifati oshadi. Ushbularga avvaldan elektr uzatib kelayotgan podstansiyalardagi kuchlanish bir necha barobarga yengillashadi.

    Prezidentimiz qarori bilan amalga oshirilgan bu rejada hududlarda ishlab chiqarish chiqarish quvvatini yanada kengaytirish mumkin boʻladi hamda yangi tadbirkorlik subektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

    Hozirgi kunga qadar 4 ta tumanlarga Andijon tumanidagi 220/110/10kV kuchlanish quvvatiga ega “Xakan” podstansiyasi orqali elektr uzatilishi taʼminlangan, tarmoq uzunligi hisobiga elektr energiyasidan texnologik sarf-yoʻqotishlar ham yuqori boʻlib kelayotgan edi.

    Yangi “Saroy” podstansiyasi “Xakan” podstansiyasi yuklanmasini 100 megavattga yengillashtiradi. Sarf-xarajatlar kamaytirilishi hisobiga Andijon, Asaka, Buloqboshi, Xoʻjabod, Marhamat va Jalaquduq tumanlaridagi isteʼmolchilarining elektr taʼminotida barqarorlik oʻrnatilishi koʻzda tutilgan.