баннер
25 Mar 2025
19:09

    Andijonda yangi ijtimoiy xizmatlar markazi ish boshladi

    Bu yerda bolalar uchun fizioterapiya boʻlimlari, yetim bolalar uchun kichik uylar, kunduzgi guruhlar, erta rivojlantirish va kasb-hunar oʻrgatish markazlari faoliyat yuritadi.

    Andijon hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi – yordamga muhtoj bolalar, yoshlar, nogironligi bor shaxslar va qariyalar uchun gʻamxoʻrlik va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi muhim maskani ochildi.

    Bu yerda bolalar uchun fizioterapiya boʻlimlari, yetim bolalar uchun kichik uylar, kunduzgi guruhlar, erta rivojlantirish va kasb-hunar oʻrgatish markazlari faoliyat yuritadi.

    Shuningdek, ogʻir hayotiy sharoitga tushgan yoshlar va kattalar uchun kompleks reabilitatsiya va taʼlim dasturlari amalga oshiriladi.

    “Bugun biz Andijonda shunchaki yangi markaz ochmadik – biz minglab odamlarning hayotining bir qismiga aylanadigan gʻamxoʻrlik, qoʻllab-quvvatlash va umid muhitini yaratdik”, deydi agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech