Andijonda zamonaviy “Universal” sport majmuasi barpo etilyapti

    Sport 2 Oktabr 2020 2637

    Andijon shahrida 2017-2022-yillarda “Universal” sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Viloyatda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2017-yilda Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasining qurilishi boshlangan boʻlib, 2017-yilda ushbu obyektdagi qurilish-montaj ishlari uchun manzilli dasturga 15 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Obyektga “Xon” MCHJ korxonasi bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan.

    Oʻtgan 2017-2020-yillar mobaynida Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida jami 66,4 milliard soʻmlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

    Sport majmuasi 6,3 gektar maydonni oʻz ichiga oladi. Qolaversa, loyihaga asosan majmua jami 4 000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, u sportning yakka kurash, badiiy gimnastika, boks, voleybol, gandbol, taekvondo hamda basketbol turlariga ixtisoslashgan. Loyiha doirasida 11x25metr oʻlchamdagi suzish havzasi, tennis korti va 100 oʻrinli oshxona qurilyapti.

    Ushbu sport majmuasi seysmik jihatdan 9 ballga javob beradi.

    Hududda 200 avtomobilga moʻljallangan avtoturargoh ham barpo etiladi.

    Mazkur obyektni 2022-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.