Joriy yilda qishloq xoʻjaligi klasterining 595 gektar dala maydonlarida gʻalla hosili yetishtirilgan boʻlib, ayni paytda barchaning eʼtibori rizq-roʻzimiz boʻlmish gʻallani nes-nobud qilmay oʻrib-yigʻib olishga qaratilgan. Bu borada qishloq xoʻjaligi klasteri maʼmuriyati tomonidan 6 ta oʻrim-yigʻim otryadi shakllantirilgan boʻlib, otryadlarga tajribali mutaxassislar biriktirilgan. Shuningdek, oʻrim mavsumiga 6 ta kombayn, 15 dan ortiq yuk tashish mashinalari jalb etilgan.

Maʼlumot uchun mazkur “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish klasteri bu yil davlatga gʻalla topshirish rejasi 1 408 tonna etib belgilangan.

Shu boisdan ham bugun klaster gʻalla maydonlarida oʻrim mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilyapti.

Ilhomjon TOJIBOYEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish

klasteri matbuot xizmati xodimi.