Yana bir aniqlikki, marhumning qotilligida uning 22 yoshli oʻgʻli gumonlamoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, marhum hayotlik paytida ichimlikka mukkasidan ketgan, mast holatda muntazam oʻzining toʻngʻich qiziga shahvoniy tajovuzlar qilib kelgan. Bundan bezor boʻlgan qiz Rossiya Federatsiyasiga ketib qoladi va oʻsha yerda ishlayotgan ukasiga otasining qiliqlarini aytib beradi.

Otasining xatti-harakatlaridan gʻazablangan yigit shu yilning 28-may kuni hech kimga aytmay Rossiyadan Qozogʻiston orqali uyiga kelib, oʻsha kuni yarim tunda otasining yotoqxonasiga kiradi va pichoq bilan uning umriga zomin boʻladi.

Shundan soʻng jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomashinaga yuklab, Baliqchi tumani hududidan oqib oʻtgan “Katta Andijon” magistral kanaliga tashlab yuboradi. Oʻzi esa tongda Qozogʻiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasiga qonuniy tartibda chiqib ketadi.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.