Andijondagi “Berlin Zentrum” til oʻrgatish markazi hamda Germaniyaning “Günter Papenburg” korxonasi tomonidan imzolangan kasb taʼlimi shartnomasiga koʻra, 25 nafardan iborat oʻzbekistonlik talabalarning birinchi guruhi Germaniyaga yetib bordi.
Oʻquv markazining xabariga koʻra, mamlakatimiz vakillari Papenburg shahrida ishlab chiqarish mexanigi, temir-beton buyumlari konstruktori va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha kasb taʼlimi oladi.
Oʻzbekistonlik yoshlar Germaniyada oʻzlari tanlagan sohalar boʻyicha 2-3 yil davomida tahsil oladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.