Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining 09.07.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Saroy lyuks” xususiy korxonasi hisobidan AT “Xalq banki” foydasiga jami 8,9 mlrd. soʻm kreditdan qarzdorligini undirish hamda undiruvni garovdagi mulkka qaratish belgilangan.
Sudning mazkur hujjati Majburiy ijro byurosining Andijon tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan boʻlib, boʻlim davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida kredit shartnomasiga asosan garovga qoʻyilgan, “And gullar bogʻi” MCHJga tegishli issiqxona bino-inshootlari xatlanib, realizatsiya qilish choralari koʻrilmoqda.