баннер
16 Mar 2025
10:25

    Andijondagi “Jahon bozori“da yongʻin chiqdi

    Holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

    Unga koʻra, shu yilning 26-fevral kuni soat 20:10 larda Andijon shahar Nayman koʻchasida joylashgan Tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan savdo doʻkonida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji soat 20:12 da aytilgan manzilga yetib borgan va yongʻin soat 20:35 da batamom oʻchirilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida savdo doʻkonining 80 m.kv maydonda shift tom qismi va savdo doʻkoni ichidagi buyumlari yonib zararlangan.

    Yongʻin oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.

    Hozirda yongʻinning kelib chiqish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech