2022-yil 19-oktyabr kuni soat 03:46da Andijon shahar, Yorboshi MFY, Naiman koʻchasida joylashgan “Jaxon savdo kompleksi” AJga qarashli doʻkonlarda yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 03:56 da yetib borishib, yongʻin soat 04:00 da toʻliq qurshab olingan, soat 04:16 da yongʻin batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok boʻlish xolatlari qayd etilmadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi