Tadbirda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Azizbek Mirkamilov hamda “Andijon digital city” texnoparki rahbari Ziyodillo Samatov ishtirok etdi.
Oʻquvchilar va ularning ustozlar ishtirok etgan jarayonda raqamli texnologiyaning ahamiyati, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatdagi oʻrni va undan samarali foydalanish madaniyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, 2021-yilda davomida viloyatdagi barcha taʼlim muassasasi toʻliq internet aloqasiga ulanishi rejalashtirilayotganligi qayd etildi. Yakunida Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi hamda “Andijon digital city” texnoparki oʻrtasida bardavom hamkorlik xujjati imzolandi.