Holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

Shu yilning 10-sentyabr kuni tungi soat 23:58da Andijon shahar Yangi aylanma koʻchasida joylashgan “Uz Koram Ko” MCHJda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushdi.

Kelib tushgan xabarga asosan tungi soat 00:06da manzilga yongʻin qutqaruv ekipaji yuborildi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin qutqaruv ekipaji guruhi tomonidan yongʻin tungi soat 00:55da batamom oʻchirildi.

Hozirda yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.