Uchrashuvda ish beruvchilarning boʻsh ish oʻrinlari haqida talabnomalarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filialiga topshirish xamda kelgusida hamkorlik qilish boʻyicha tuzilgan yoʻl xaritasi muhokama qilindi.
Muhokama davomida Andijon viloyatidan 4 ming 500 nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga qonuniy va tashkillashtirilgan holda ishlash uchun joʻnatish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.