Andijondan fuqarolar Moskva va Chita shaharlariga ishga jalb qilinadi

    Ijtimoiy hayot 25 Sentabr 2020 2005

    Andijon viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari Moskva shahridagi “INTEKO” qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, ushbu hududdagi yirik qurilish obyektlariga andijonlik malakali quruvchilarni ishga jalb qilish yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi. 

    Muzokaralar davomida kompaniya rahbari ayni paytda 3 ming nafargacha ishchi kuchiga ehtiyoj borligini maʼlum qildi. Uchrashuv yakunida malakali ishchilarni yetkazib berish va ish bilan taʼminlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Baykalorti oʻlkasi markazi – Chita shahrida boʻlib, hukumat vakillari bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish va ularni ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

    Tadbirda taʼkidlanganidek, Baykalorti oʻlkasida 3500 dan ziyod ish oʻrni mavjud boʻlib, asosan qurilish-taʼmirlash ishlariga malakali mutaxassislar talab etilmoqda. Bu borada hududlararo kelishuvga erishilib, kelgusida tashkillashtirilgan holda ishchilarni yuborish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ishlash vaqtida huquqlarini himoya qilish masalalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.