Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan, Andijon viloyatida tez tibbiy yordam sifatini yana-da yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, tez tibbiy yordam moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash maqsadida maxsus jihozlangan Volkswagen avtomashinasi sotib olindi.
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ushbu avtomobilda bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Endilikda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali avtosafi bosqichma-bosqich ana shunday zamonaviy avtomobillar bilan toʻldirib boriladi.