Qayd etilishicha, oʻtgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan oʻrta toifaga oʻtdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli boʻldi.
Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad koʻtardi. Buning hisobiga oʻtgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.
"Lekin hayot bir joyda toʻxtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qoʻymoqda«, — dedi Prezident.
Shuni hisobga olib, viloyatga qoʻshimcha 1 trillion soʻm yoʻnaltirilishi aytildi.
Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi surʼatni saqlab qolishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
"Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim", — dedi davlatimiz rahbari.