“Andijonneft” AJ “Uchtepa” konini raqamlashtirish bo'yicha loyihani amalga oshirdi

    Energetika 25 May 2020 5975

    Ushbu kon faoliyatining real vaqt rejimiga o'tkazish mamlakat Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yilning 6 fevralidagi yig'ilishda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi bilan bog'liq

    Ushbu kon faoliyatining real vaqt rejimiga o'tkazish mamlakat Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yilning 6 fevralidagi yig'ilishda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi bilan bog'liq. Davlatimiz rahbari tomonidan tarmoqqa “raqamli kon” tizimlarini va avtomatlashtirilgan xo'jalik boshqaruvi va resurslar hisobini yuritishni joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

    “O'zbekneftegaz” AJ Boshqaruvi raisi M. Abdullaev ko'magida “Andijonneft`” AJ da ishlab chiqarish jarayoniga ilg'or texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha shart-sharoitlar yaratildi. Natijada qisqa muddat ichida va kam moliyaviy mablag'lar sarflangani holda “Uchtepa” konidagi ishlar onlayn tartibda amalga oshirildi.

    “O'zbekneftegaz” AJ mutaxassislarining so'zlariga ko'ra, FlowLink dasturiy ta'minoti joriy qilindi, va u inson omilini chetlab o'tgan holda avtopilotdan gaz hajmi to'g'risidagi ma'lumotlar hisobi yuritilishini nazorat qilish va ularni dispetcherlik xizmatiga uzatish imkonini beradi. Bunda barcha ma'lumotlar monitorlarda onlayn rejimga ko'rinib turadi va bu quduqlardan kelib tushayotgan gazning aniq hisobini yuritish, korxonaning yo'qotishlarini va operatsion xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

    Ta'kidlash kerakki, “Uchtepa” koni 2017 yilda ochilgan. Bu erdan olinayotgan “zangori olov” Andijon viloyatining aholisi, sanoat va ijtimoiy sohalari ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda.