Andijonning turizm salohiyati qoʻshni davlatda keng targʻib etiladi

    Qirgʻizistonning 20 dan ortiq OAVlardan qatnashgan jurnalistlar uchun keyinchalik mamlakatimizning boshqa hududlariga press-turlar tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.

    Mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni jalb qilish, bu borada Oʻzbekistonning turizm salohiyatini xorij mamlakatlarida keng targʻib etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar asosida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Kirish turizmini rivojlantirishda, asosan oʻzbek xalqi bilan qardosh – tarixan uzviyligi bogʻliq boʻlgan xalqlar aholisining davlatimizga tashriflarini koʻpaytirish ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan joriy yilning 6-7-aprel kunlari qoʻshni Qirgʻiz Respublikasining bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlari ishtirokida Oʻzbekistonda press-tur tashkil etildi.

    Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan press-tur davomida qoʻshni mamlakat aholisiga Andijon viloyatining turizm salohiyati borasida kengroq maʼlumotlar beruvchi materiallar tayyorlandi.

    Shuningdek, Qirgʻizistonning 20 dan ortiq OAVlardan qatnashgan jurnalistlar uchun keyinchalik mamlakatimizning boshqa hududlariga press-turlar tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.