Angliyaning “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida Ispaniyaning “Atletiko” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Golni oʻyinning 70 daqiqasida De Bryuyne kiritdi.
Tumanli albionning ikkinchi klubi “Liverpul” Portugaliyada “Benfika” mehmoni boʻldi. Shuni aytish lozimki, oʻyin davomida angliyaliklar har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Mehmonlar oʻyinchilari Konate, Mane va Diasning uch goliga Nunyes bir gol bilan javob berdi – 1:3.