Tasvir shunchalik ishonarli ko'rindiki, Network Rail xodimlari uni haqiqiy fotosurat deb adashtirib, darhol poezdlar harakatini to'xtatib, muhandislarni inshootni shoshilinch tekshirish uchun yuborishdi.
Aslida, 179 yillik ko'prik hech qanday zarar ko'rmagandi. Biroq, soxta tasvir tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan 32 ta yo'lovchi va yuk tashish reyslari to'xtatldi yoki ular kechiktirildi, uzilishlar Shotlandiya kabi uzoq hududlardagi xizmatlarga ham ta'sir ko'rsatdi. Network Rail vakili bunday hodisalar “temir yo'lning uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan jamoalar uchun keraksiz kechikishlar va ish yukini oshiradi” deb ta'kidladi.
Avvalroq sun'iy intellektdan foydalanish bilan bog'liq shunga o'xshash va boshqa bahsli vaziyatlarning oldini olish uchun Italiya Yevropa Ittifoqida birinchi bo'lib neyrotarmoqlardan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni qabul qilgan edi, deb xabar berdi pravilamag.ru.








