Angliyada uch nafar bolaning o'ldirilishi tufayli tartibsizliklar yuz berdi

    Angliya shimoli-g'arbidagi Sautport shahrida raqs darsi vaqtida noma'lum bosqinchi bolalarga hujum qilganidan so'ng boshlangan tartibsizliklar oqibatida 40 ga yaqin huquq-tartibot idorasi xodimi yaralandi.

    Bu haqda viloyat tibbiyot idoralari bayonotida aytiladi.

    “Biz jami 39 nafar bemorga yordam ko'rsatdik, ularning barchasi politsiyachilardir. Ulardan 27 nafari shifoxonaga yotqizildi, 12 nafariga voqea joyida yordam ko'rsatildi”, deyiladi xabarda. Mersisayd politsiyasining ma'lum qilishicha, sakkiz nafar politsiyachi jiddiy jarohat oldi.

    Bir necha yuzlab tartibsizlik ishtirokichilari, asosan o'ta o'ngchi English Defence League tarafdorlari mahalliy masjidga tosh otib, oziq-ovqat do'konlariga zarar yetkazdi. Xabarlarga ko'ra, namoyishchilar politsiya mikroavtobusiga o't qo'yib, huquq-tartibot xodimlariga shisha va petardalar bilan hujum qildi.

    29-iyul kuni Sautportda amerikalik estrada xonandasi Teylor Svift mavzusida yoga va raqs bo'yicha guruh mashg'ulotlarida 17 yoshli o'smir bolalarni pichoqladi. Uelsning Kardiff shahrida tug'ilgan shaxs darhol qo'lga olindi. The Times nashrining yozishicha, gumonlanuvchining ota-onasining o'rtog'i uning oilasi Ruandadagi genotsiddan qutulish uchun Buyuk Britaniyaga qochib ketganini aytdi.

    Olti, yetti va to'qqiz yoshli uch qiz hujum qurboniga aylandi. Sakkiz nafar bola jarohatlandi, ulardan besh nafarining ahvoli og'ir. Bundan tashqari, yoga o'qituvchisi va mashg'ulotlar o'tkaziladigan binoning xodimi jiddiy jarohat oldi, deb xabar beradi tass.ru.