Tuman hokimi lavozimiga Mardonov Qosim Esonovich tasdiqlandi.
Qosim Mardonov 1975-yil 24-noyabrda Termiz tumanida tugʻilgan. 1997-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi.
Q.Mardonov 2007-2020-yillarda Moliya boshqarmasi, mahalliy hokimliklar hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020-yildan buyon Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.