Shuningdek, hududlarda 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilandi.
Sohadagi bunday o‘zgarishlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda.
Ushbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boshidan buyon 700 million dollarlik qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel o‘tkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalash-injiniring va qurilish xizmatlari ko‘rsatildi.
Masalan, Norin kaskad GESining 38 megavattli ilk gidroelektr stansiyasi to‘liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirildi.
Prezidentimiz soha rivojiga xizmat qiladigan qurilish, elektrotexnika va servis korxonalarimiz kelgusida xalqaro standartlarga javob beradigan yirik milliy kompaniyalarga aylanishiga ishonch bildirdi.
“Shu ma’noda, bugun ishga tushirilayotgan va yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan “Angren Energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan “O‘zhydropower” korxonalari katta istiqbolga ega, desak to‘g‘ri bo‘ladi”,









