"Angren" ko'mir koni mart oyida 150 ming tonna o'rniga 190 ming tonna ko'mir yuklandi - "O'zbekko'mir" AJ

    Sanoat 14 Aprel 2021 1705

    “Angren” koʻmir konida joriy yilning mart oyida rejadagi 527,5 ming oʻrniga 776,8 ming tonna yoqilgʻi qazib olindi, deya xabar bermoqda "O'zbekko'mir" AJ.

    Xususan, joriy yil mart oyida 150 ming tonna oʻrniga 190 ming tonna koʻmir yuklanganligi ma'lum qilingan.

    "Bu boradagi oylik reja 126 foizga ado etildi. Aprel oyida 120 ming tonnalik marra oʻrnatilgan. Hozirgi kungacha reja bajarilishi 70 foizdan ortib ketdi." deyiladi AJ xabarida.

    Yaqinda boʻlimda 2-konveyer liniyasi oʻrnatildi. Ayni paytda sinama ishlari boshlanmoqda.

    Liniya toʻliq ishga tushsa, elektr stansiyalari, byudjet tashkilotlariga hamda aholi ehtiyojlari uchun koʻmir yuklash hajmi ikki baravar ortishi kutilayotgani ma'lum qilingan.