Xususan, yangi ochilgan “Yangiobod” sanatoriyasi 1 ming 300 metr balandlikda joylashgan boʻlib, davolash, sogʻlomlashtirish va dam olishga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda bir vaqtning oʻzida 200 nafardan ortiq dam oluvchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 17,0 mlrd soʻmni, umumiy yer maydoni 2.7 gektarni tashkil tashkil etadi, shuningdek, maskanda 62 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Malakali shifokorlar, jumladan, kardiolog, terapevt, urolog, ginekolog, nevropotolog va UTD terapevti tomonidan sifatli tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Barcha xonalar zamonaviy tibbiy-texnologik jihozlar bilan taʼminlangan boʻlib, sanatoriyda klinik va bioximik tahlillar, somatik davolash, fizioterapiya, fitoterapiya, gidrokolonoterapiya, ozonoterapiya, tuzli gʻor, kedr yogʻoch turidagi sauna bochka, stounterapiya, igna terapiya, xijoma, olovli massaj kabi xizmatlar koʻrsatiladi. Shuningdek, amfiteatr, kutubxona, sport majmualari ham mavjud.
Yilning har mavsumida sayyohlar va salomatligini mustahkamlash istagida boʻlganlar tabiatning sof havosi, shifobaxsh suvidan bahramand boʻladi.
Tadbir davomida mehmonlar mazkur majmuada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.