Taʼkidlanishicha, voqea bugun 18-dekabr soat 12:00larda Toshkent viloyati, Angren shahri hududida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, shu kuni xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan haydovchi 1988-y.t. S.X. boshqaruvidagi Neksiya-2 avtomashinasi qoida buzganligi uchun toʻxtatilgan.
Inspektor tomonidan haydovchiga tushuntirish berilib, tegishli hujjatlarni taqdim etishi soʻralganida, haydovchi hujjat berishdan bosh tortib voqea joyidan ketib yuborgan.
Shundan soʻng shahar dehqon bozori hududida 2 chi marta toʻxtatilgan fuqaro ogohlantirilib, qonuniy talabga boʻysunishi soʻralganida, u YPX inspektorini turli soʻzlar bilan haqoratlab, qarshilik koʻrsatishda davom etgan.
Natijada inspektor Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, “elektroshoker” qoʻllagan.
Hozirda voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baxo berish maqsadida qoʻshimcha oʻrganish ishlari oʻtkazilmoqda.