Angren shahridagi maktablarda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etilmoqda

    Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumtaʼlim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi.

    Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyati hokimining umumtaʼlim maktab direktorlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida taʼlim muassasalarida “Telefonsiz maktab” tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifi ilgari surilgan edi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham bu borada qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

    Mazkur qaror va taklif ijrosini taʼminlash yuzasidan, Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumtaʼlim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etilib, oʻquvchilarning eʼtibori ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi.

    Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab maʼmuriyati hamkorlikda yigʻilish oʻtkazilib, telefondan taʼlim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi va barcha tomonidan birdek maʼqullandi.